Investorning biznesga / bozorga kirishidagi xizmatlar
Soliq jihatdan samarali egalik qilish/holding strukturasini tayyorlash
Bizning jamoamiz, sizning xohishlaringizni inobatga olgan holda va sizdan olingan ma’lumotlarga ko’ra, biznesga samarali egalik qilish/holding strukturasini ishlab chiqadi. Biz, shuningdek, biznes uchun eng ma’qul keladigan tashkiliy-huquqiy shaklni o’rganib chiqamiz.
Biznes modelni soliqqa tortish qismini analiz qilish
Taqdim etilgan biznes modelni o’rganib chiqish doirasida, bizning mutaxassislarimiz O’zbekistondagi soliqlar bo’yicha keltirilgan ma’lumotlarni va soliq hisob-kitoblarini tekshiradi
Investitsiya shartnomalarini o’rganib chiqish va ularda soliq risklari mavjudligini aniqlash.
Bizning mutaxassislarimizning tajribalari investorlar va tegishli davlat organlari orasida imzolanayotgan investitsiya shartnomalarining soliq bandlarining to’g’ri matnini shakllantirishga va tayyorlashga imkon beradi