Dmitriy Kim
Boshqaruvchi partnyor
Dmitriy soliq sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega va soliq maslahatlarini berishga, soliqlarni rejalashtirishga va soliqlarni strukturalashga ixtisoslashgan. Shuningdek, u bilvosita soliqlar bo’yicha va xalqaro soliqqa tortish masalalari bo’yicha keng ko’lamli tajribaga ega. Dmitriy iqtisodning turli sektorlarda faoliyat olib boruvchi mijozlarga, shu jumladan energetika, kimyoviy va nefte-kimyoviy ishlab chiqarish, neftegaz, infrastruktura va transport, investitsiya, bank, telekommunikatsiya va axborot-texnologiyalar sektorlarida faoliyat olib boruvchi mijozlarga xizmat ko’rsatadi.
Dmitriy chet el kompaniyalarining O’zbekistondagi faoliyatlari bo’yicha soliqqa tortish, soliq nizolari va soliq ekspertizasi (due diligence), hamda M&A va ko’chmas mulk sotib olish bitimlari bo’yicha maslahat berish tajribasiga ega. Shu bilan birga, Dmitriy mahalliy va chet el kompaniyalariga, doimiy muassasalarga taaluqli soliqqa tortish masalalari bo’yicha maslahat berish bilan, hamda soliqlarni optimizatsiyasi bilan shug’ullanadi.
Dmitriy yirik mahalliy va chet el xususiy guruhlarining soliq rejalashtirishini amalga oshirib kelgan.
Dmitriy mijozlarga bitimlarning (shu jumladan EPC bitimlari, xizmatlar sotib olish, qurilish xizmatlari bitimlari) strukturasini soliqqa tortish jihatdan o’rganib chiqich bo’yicha yordam beradi.
Ta’lim-ma’lumoti
- Toshkent Moliya Instituti “Moliya va iqtisodiyot” mutaxassisligi
Professional malakasi
- Auditor malaka sertifikati (O’zbekiston).
- Ichki auditor malaka sertifikati (O’zbekiston).
- ACCA to’laqonli a’zolik sertifikati (Buyuk Britaniya).
- CAP buxgalteri sertifikati (sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlarning Yevrosiyo kengashi).
Muzaffar Ubaydulayev
Menejer
Muzaffar soliq bo’yicha maslahat berish sohasida va soliq qonunchiligiga amal qilish bo’yicha “katta to’rtlik” (Big four) guruhiga kiruvchi audit-maslahatchilik tashkilotida 6 yildan ortiq ish tajribasiga ega.
Muzaffar soliq maslahatlarini berishga, soliq bo’yicha strukturalashga, soliq bo’yicha kompleks tekshiruvga va soliq qonunchiligiga amal qilishga ixtisoslashgan. Shuningdek, Muzaffar xalqaro soliqqa tortish masalalari bo’yicha va iqtisodning turli sektorlarda faoliyat olib boruvchi mijozlarga, shu jumladan energetika, kimyoviy va nefte-kimyoviy ishlab chiqarish, neftegaz, infrastruktura va transport, investitsiya, bank, telekommunikatsiya va axborot-texnologiyalar sektorlarida faoliyat olib boruvchi mijozlarga, soliq maslahatlari berish bo’yicha katta tajribaga ega.
Muzaffar chet el mijozlarining O’zbekistonda biznes yuritishning soliq jihatlari bo’yicha va ularning faoliyati uchun ma’qul keluvchi O’zbekistondagi mavjud tashkiliy-huquqiy shakllar bo’yicha maslahat berish bilan shug’ullangan. Muzaffar soliq ekspertizasi, hamda ko’chmas mulklar va jamiyatlardagi ishtirok ulushlari oldi-sotdi shartnomalari kabi bitimlarni soliqqa tortish jihatidan o’rganib chiqish malakasiga ega.
Muzaffar, shuningdek, jismoniy shaxslarning (shu jumladan, chet el fuqarolarining) daromadlarini O’zbekistonda soliqqa tortish tartibi bo’yicha amaliy maslahatlar berish bo’yicha loyihalarda ishtirok etadi.
Ta’lim-ma’lumoti
- Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti “Iqtisod va moliya” yo’nalishi
Professional malakasi
- Soliq maslahatchisi malaka sertifikati
- Qimmatli qog’ozlar operatsiyalari bo’yicha mutaxassis sertifikati (2015)
- Hozirdagi ACCA talabasi
Furkat Babajanov
Menejer
2008-yildan 2017-yilgacha Furkat O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasida turli xil lavozimlarda ishlagan va turli xil soliq masalalari, soliqqa va soliq ma’muriyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, soliq to’lovchilarga soliq maslahatlari berish, soliq nazorati va soliq nizolarini sudgacha hal qilish masalalari bilan shug’ullangan.
2018-2022-yillarda Furkat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Soliq, bojxona-tarif siyosati” boshqarmasining boshliq o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi bo’linma boshlig’i lavozimlarida ishlagan. Uning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: yagona davlat soliq, bojxona-tarif siyosatini ishlab chiqish va yuritish, soliq tizimini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish, soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashni va to’lashni soddalashtirish, hamda ularning yig’imining to’laqonliligini ta’minlash maqsadida soliq stavkalarini optimizatsiyalashtirish.
Ixtisosi:
- soliq nizolarida qatnashish, soliq nazorati tadbirlari davomida mijozlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan soliq nazorati natijalariga e’tiroz berish;
- turli xil sanoatlarda faoliyat olib boruvchi mijozlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati doirasida yuzaga keluvchi huquqiy va soliq risklarini (xavflarini) diagnostika qilish va kamaytirish;
- soliq organlari bilan munosabatlarda soliq to’lovchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning huquqiy pozitsiyasini ishlab chiqish, soliq organlarining murojaatlariga javob tayyorlash va tekshiruv dalolatnomalariga e’tirozlar tayyorlash, mijozlarning manfaatlarini soliq organlarida, barcha instansiya sudlarida himoya qilish va hokazo;
- nazorat qiluvchi organlar bilan o’zaro a’loqa, hamda soliq tekshiruvlari jarayonida vaziyatdan kelib chiqqan holda risklarni (xavlarni) baholash.
Ta’lim-ma’lumoti
- O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi qoshidagi Soliq Akademiyasi (2008).
- O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi (2012).
Professional malakasi
- Soliq maslahatchisi malaka sertifikati
- Kapital bozorni rivojlantirish mutaxassis sertifikati (2012).
- “Soliq siyosatini takomillashtirish strategiyasi” mavzusida Yaponiya Moliya vazirligida (2012), “Soliq ma’muriyati” mavzusida Malayziyada (2014) va “Soliq ma’muriyatini takomillashtirish” mavzusida Xitoy Xalq Respublikasida (2018) bo’lib otgan malaka oshirish kurslari va amaliyot dasturlari
Kristina Pryadkina
Yetakchi maslahatchi
Kristina soliq organlarida soliq nazorati va yuridik shaxslarga maslahat berish bo’limlarida 3 yildan ortiq vaqt davomida ishlab kelgan. U kameral soliq tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha tajribaga ega. Kristina qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha ishchi guruh a’zosi bo’lgan, soliq bo’yicha yuridik shaxslarga rasmiy yozma va og’zaki tushuntirishlar va javoblar berish bilan shug’ullangan, qo’shilgan qiymat solig’ini qaytarishning asoslanganligini nazorat qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Kristina qurilish sohasida buxgalteriya va soliq hisobini yuritish bo’yicha ish tajribasiga ega.
Kristina soliq maslahatlarini berishga ixtisoslashgan, hamda soliqqa tortish tartibi, soliq xavflarini (risklarini) aniqlash, soliq hisobotlarini tayyorlash va to’ldirish, bevosida va bilvosita soliqlarni hisoblashning to’g’riligini baholash tajribasiga ega.
Ta’lim-ma’lumoti
- Toshkent Moliya Instituti “Moliya” mutaxassisligi
- Toshkent Soliq Kolleji “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi
Ajiniyaz Azatov
Yetakchi maslahatchi
Ajiniyaz soliq bo’yicha maslahat berish sohasida va soliq qonunchiligiga amal qilish bo’yicha “katta to’rtlik” (Big four) guruhiga kiruvchi audit-maslahatchilik tashkilotida 3 yildan ortiq ish tajribasiga ega.
Ajiniyaz soliq maslahatlarini berishga, soliq bo’yicha strukturalashga, soliq bo’yicha kompleks tekshiruvga va soliq qonunchiligiga amal qilishga ixtisoslashgan.
Ajiniyaz iqtisodning turli sektorlarda faoliyat olib boruvchi mijozlarga, shu jumladan neftegaz, kimyoviy va neft-kimyoviy ishlab chiqarish, qayta tiklanuvchi energiya, infrastrukturaviy va investisiya, hamda EPC (qurilish) sektorlarida faoliyat olib boruvchi mijozlarga, soliq maslahatlari berish bo’yicha tajribaga ega.
Ajiniyaz chet el mijozlarining O’zbekistonda biznes yuritishning soliq jihatlari bo’yicha va ularning faoliyati uchun ma’qul keluvchi O’zbekistondagi mavjud tashkiliy-huquqiy shakllar bo’yicha maslahat berish bilan shug’ullangan. Shuningdek, u soliq ekspertizasi, hamda jamiyatlardagi ishtirok ulushlari oldi-sotdi bitimlarni soliqqa tortish jihatidan o’rganib chiqish malakasiga ega.
Ajiniyaz soliq deklaratsiyalarini tekshirish va moliyaviy hisobotlarni audit qilish doirasida soliq qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha turli xil loyihalarda qatnashgan, shu jumladan: neft va gaz sanoatida, bank sektorida, tog’-kon qazib olish sanoatida, qurilish sohasida.
Ta’lim-ma’lumoti
- Klermon Oven Universiteti “Buxgalteriya hisobi va Moliya” mutaxassisligi bo’yicha Magistr
- La Rochelle Biznes-maktabi, Xaqaro biznes
- Turiba Biznes-maktabi, Biznes boshqaruvi