Biznesning kundalik boshqaruvida
Soliq hisobotlarini tayyorlash va to’ldirish
Korxonaning taqdim etgan hujjatlari, ma’lumotlari va buxgalteriya hisobi asosida bizning jamoamiz soliq hisobotlarini soliq organlariga topshirish uchun tayyorlash va to’ldirish xizmatlarini ko’rsatadi.
Soliq maslahatlarini berish xizmatlari
Bizning ekspertlarimizning audit, buxgalteriya hisobi va soliq amaliyoti sohalaridagi ko’p yillik tajribalari soliqlar va bojlarni hisoblash va to’lash bo’yicha savollarga sifatli individual yechim topish imkonini beradi. Bizning xizmatlarimiz korporativ soliqqa tortish bo’yicha turli xil sohalarda yuzaga keladigan savollar bo’yicha, hamda ish beruvchilarning jismoniy shaxslarni soliqqa tortish masalalari bo’yicha, soliq hisobini yuritishni takomillashtirish va soliq xavflarini (risklarini) boshqarish, soliq hisobotlari, va boshqa soliq sohasidagi savollar bo’yicha maslahat berishdan iboratdir.
Soliq xavflarini aniqlash / korxonalar soliqlarini optimizatsiya qilish
Bizning tajribali ekspertlarimiz korxona faoliyatini undagi mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan ehtimoliy soliq xavflari (risklari) va soliq optimizatsiyasi imkoniyatlari mavjudlikligi jihatidan o’rganib chiqishadi, hamda soliq xavflarini (risklarini) kamaytirish yoki bartaraf qilish uchun metodologik va amaliy maslahatlar va yechimlar taklif etadilar
Soliq tekshiruvlarini tayinlash xavflarini (risklarini) diagnostika qilish
Ushbu loyiha doirasida, korxonada soliq auditini tayinlashga asos bo’luvchi, “yuqori darajadagi soliq xavfi” toifasiga mansub soliq to’lovchilar safiga kirituvchi faktorlar mavjudligi bo’yicha ekspress-analiz amalga oshiriladi, hamda bunday faktorlarni bartaraf etish uchun kerak bo’ladigan amaliy maslahatlar taqdim etiladi.
Chet el pudratchilari / tovar yetkazib beruvchilari / kreditorlari bilan tuziladigan bitimlarni soliq masalalari bo'yicha o’rganib chiqish va ularni takomillashtirish
Mijozlarning soliq manfaatlarini himoya qilish maqsadida chet el hamkorlari bilan tuziladigan xizmatlar yetkazib berish (tovarlar xarid qilish) yoki moliyalashtirish (qarz, kredit va hkz.) jalb qilish bo’yicha bitimlarni soliq munosabatlari jihatidan o’rganib chiqish. Bizning xizmatlarimiz yuqorida sanab o’tilgan bitimlarning loyihalarini o’rganib chiqishni, mijozlar uchun har qanday soliq xavflarini aniqlashni va bunday xavflarni kamaytirish yoki bartaraf etish (agarda buning iloji bo’lsa) uchun qilinadigan chora-tadbirlar bo’yicha takliflar berishni o’z ichiga oladi.
Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatini tayyorlash va soliq hisobini avtomatlashtirishga ko’maklashish
Bizning Kompaniya soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatini tayyorlash yoki uni yangilash, soliq hisobini samarali va to’g’ri yuritish maqsadida soliq jarayonlarini va funksiyalarini avtomatlashtirish xizmatlarini ko’rsatadi.
Soliq tekshiruvlariga tayyorlash va tekshiruv jarayonida yordam qilish
Bizning jamoa soliq tekshiruvlarini o’tkazish davomida sizning kompaniyangizning qonuniy huquqlarini himoyasini va soliq organlari bilan yuzaga kelgan nizolarni sudgacha bo’lgan tartibga solish tarzida hal etilishini ta’minlaydi.