Kapital bozoriga investitsiyalarni rag'batlantirish bo’yicha soliq imtiyozlari - Pillar

Kapital bozoriga investitsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha soliq imtiyozlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-sonli qaroriga (keyingi o‘rinlarda – Qaror) muvofiq kapital bozorini rivojlantirish va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etilmoqda:

2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha.

  • jismoniy shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari) aksiyalardan (ulushlardan) bo’yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.
  • O‘zbekiston Respublikasining norezident bo’lgan yuridik shaxslarining aksiyalaridan (ulushlaridan) hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari O‘zbekistonda 5 foiz stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi (standart stavka 10 foiz o‘rniga).
  • Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari soliqdan ozod qilinadi.

Shuningdek, Qarorda 2022-yil 1-iyuldan boshlab qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdo doirasida qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish chog‘ida qimmatli qog’oz sotuvchilari tegishli soliqlar o‘rniga bitimlar summasining 0,3 foizi miqdorida boj to‘lashlari belgilandi.