O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-sonli qaroriga (keyingi o‘rinlarda – Qaror) muvofiq kapital bozorini rivojlantirish va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida bir qator soliq imtiyozlari joriy etilmoqda:
2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha.
- jismoniy shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari) aksiyalardan (ulushlardan) bo’yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.
- O‘zbekiston Respublikasining norezident bo’lgan yuridik shaxslarining aksiyalaridan (ulushlaridan) hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari O‘zbekistonda 5 foiz stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi (standart stavka 10 foiz o‘rniga).
- Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo’jalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlari soliqdan ozod qilinadi.
Shuningdek, Qarorda 2022-yil 1-iyuldan boshlab qimmatli qog’ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdo doirasida qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzish chog‘ida qimmatli qog’oz sotuvchilari tegishli soliqlar o‘rniga bitimlar summasining 0,3 foizi miqdorida boj to‘lashlari belgilandi.